UzAuto Motors bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabariga ko’ra, Yanosh Kovach kompaniyaning yangi bosh direktori etib tayinlandi.

Vengriyada tug’ilgan Yanosh Kovach Budapesht texnika universitetida avtomobil texnologiyalari muhandisligi bo’yicha tahsil olgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, Kovach “General Motors”, “Opel”, “GM Powertrain Uzbekistan”, “UzAuto Peugeot Citroën Automotive” va “VinFast Automotive” kabi yirik kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega. Uning faoliyati davomida sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlarini samarali boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

2021 yildan boshlab Yanosh Kovach “UzAuto Motors” AJ kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan va kompaniyaning audit qo’mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o’tamiz, ushbu lavozimda avvalgi uch yil davomida Bu Andersson ishlagan edi. U 2024 yil dekabr oyida o’z vazifasini yakunlagan.