
Buxoro viloyatining Jondor tumanida yuzlab bolalar Damas mikroavtobuslarida xavfli tarzda tashilganligi aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, ikki haydovchi oʻz avtomobillarida jami 36 nafar yosh bolani – bir mashinada 20 nafar, ikkinchisida esa 16 nafar tarbiyalanuvchini tashigan.
“Bu xavfli tashuvlar bolalarni bogʻchalardan olib ketish vaqtida sodir boʻlgan. Yoʻl harakati inspektorlarining oʻz vaqtidagi aralashuvi tufayli yuz berishi mumkin boʻlgan fojianing oldi olindi. Bu kabi oʻta masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan haydovchilar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan,” — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, ushbu holat yuzasidan aybdorlarga, shu jumladan bolalar bogʻchalarining masʼul shaxslariga nisbatan choralar koʻrish uchun yuqori tashkilotlarga taqdimnoma kiritildi.
